Qanday ishlaydi
Taklifnoma yaratish 5–10 daqiqa oladi. Hech qanday dizayn tajribasi kerak emas.
- 1
Tadbir turi va shablon
To‘y, fotiha, tug‘ilgan kun, sunnat to‘yi yoki bitiruv — tadbirni tanlang, keyin unga mos shablonni.
- 2
Ma’lumotlar va dizayn
Builderda ismlar, sana, manzil, rasmlar, musiqa va dasturni kiritasiz. Chap tomonda yozgan har bir so‘z o‘ng tomondagi telefon previewda darhol ko‘rinadi, o‘zgarishlar avtomatik saqlanadi.
- 3
E’lon qilish
“E’lon qilish” tugmasi bilan taklifnoma ishga tushadi va unique link hamda QR-kod tayyor bo‘ladi.
- 4
Ulashish va javoblar
Linkni Telegram yoki WhatsApp orqali yuboring. Mehmonlarning javoblari, tilaklari va ko‘rishlar soni dashboardda to‘planadi.